Shakar,"kapalaklar"ga kerakmi?

Shakar juda ko’p tortishuvlarga sabab bo’lgan mahsulot bo’lib, uning foydasi va zarari haqida ko’plab mish-mishlar mavjud. U mushak va miya uchun energiya yetkazib beruvchi bo’lib, lazzat gormonlarini ishlab chiqarishga yordam beradi va xotiraga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shunga qaramay, shakarning ortiqcha iste’moli istalmagan salbiy natijalarga olib kelishi mumkinligini esda tutish lozim. “Kapalaklar”ga ham ushbu uglevod kerak.

BEga ega bolaning shakarni iste’mol qilishi uchun energiya ehtiyojini to’g’ri aniqlashda uning haqiqiy tana vaznini, yoshini va terining hozirgi holatini hisobga olish kerak. Ayniqsa, “kapalak” organizmida ozuqa moddalariga bo’lgan ehtiyoj ortib borayotganini shuningdek oziq-ovqat mahsulotlarini oʻzlashtirish imkoniyatlari cheklanganligini yodda tutish lozim. Bu to’g’ri va savodli diyetologik yondashuvni talab qiladi.

6 oygacha bo’lgan bolalarda ona sutining tarkibi uglevodlarga bo’lgan ehtiyojni to’liq qoplaydi. Uglevodlarning o’rtacha kunlik normasi: 1 yoshdan katta va 3 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun - 3-7gr, 3 yoshdan kattalarga esa – 5-10gr to’g’ri keladi.

photo_2022-03-09 19.20.42.jpeg

photo_2022-03-09 19.20.44.jpeg

photo_2022-03-09 19.20.46.jpeg

photo_2022-03-09 19.20.47.jpeg


Keyinroq yordam bering