NNT “Kapalak bolalar” THINCni joriy qilish mavzusida targ‘ibot tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

NNT “Kapalak bolalar” THINCni joriy qilish mavzusida targ‘ibot tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
2022 yilning 1-4 aprel kunlari “Kapalak bolalar” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Samarqand va Buxoro viloyatlarida joylashgan Teri-tanosil kasalliklari dispanserlari THINC (Tool to Help Identify Nutritional Compromise in EB- BE ga chalingan bemorlarda ovqatlanish kompromisni aniqlash metodlari)ni joriy qilish mavzusida targ‘ibot tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

 Mazkur tadbir O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ajratgan grant mablag‘lari xisobiga amalga oshirildi.Targ‘ibot tadbiri davomida BEga chalingan barcha bemorlarga to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha ko‘rsatmalar, shuningdek ularga tug‘ilganidan boshlab qanday muolajalar o‘tkazish kerakligi bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi. Mazkur tushuntirish ishlari NNT va Jamoat fondi tomonidan ishlab chiqilgan turli tarqatma materiallar va videorolik bilan yanada boyitildi. Bemorlar xamda ularning ota-onalari kasalni oziqlantirish va to‘g‘ri parvarishlash jarayonida nimalarga e’tibor berish lozimligi xususida kerakli xulosalar chiqardilar.

Bundan tashqari NNT vrachlari: nutritsiolog M.Ayxodjayeva va neanatolog F.Abduraxmonovalar tomonidan Viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanserida BEga chalingan bemorlar uchun bepul tibbiy ko‘rik va tadbirda qatnasha olmagan bemorlar uchun ularning uylarida tibbiy patronajlar tashkil etildi.

photo_2022-04-07 21.16.16.jpeg

photo_2022-04-07 21.16.19.jpeg

photo_2022-04-07 21.16.23.jpeg

Keyinroq yordam bering