Xalqaro noyob kasallıklar kuni.

Fevral oyining oxirgi kunida butun dunyo bo’ylab noyob kasalliklar kuni (Rare Disease Day) nishonlanadi. Bu kun, noyob kasalliklar bo’yicha Yevropa tashkiloti (EURORDIS) va uning muvofiqlashtiruvchi organi – Milliy ittifoq kengashi (Council of National Alliances) tomonidan 2008-yildan buyon tashkil etilib o’tkazilmoqda.

Ushbu kunning maqsadi - kamdan-kam uchraydigan kasalliklarga chalingan odamlarning muammolariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shuningdek, noyob kasalliklar va ularning odamlarning hayotiga ta’siri haqidagi xabardorlikni oshirishdir. Noyob kasalliklar ro’yxatiga Bullyozli epidermoliz va Ixtioz kiradi. Bugungi kunda O’zbekistonda 357 nafar “kapalak” va 2000 dan ortiq “baliqcha” haqida ma’lum.

Biz vasiyligimiz ostida bo’lganlarga tibbiy hamda ijtimoiy tomonlama yordam beramiz.

photo_2022-03-10 00.38.55.jpeg

photo_2022-03-10 00.38.53.jpeg

photo_2022-03-10 00.38.52.jpeg

photo_2022-03-10 00.38.51.jpeg


Keyinroq yordam bering